Ravshan Zolotoy yana mamlakatni tark etdi

Jamiyat

image

Taniqli tadbirkor, xalq orasida “avtoritet” nomi bilan tanilgan AIBA’ning sobiq prezidenti G‘afur Rahimovning jiyani, “kriminal avtoritet” sifatida ko‘rib kelingan “Ravshan Zolotoy” – Ravshan Muhiddinov joriy yilning 11 iyul kuni O‘zbekistonga qaytgani haqida xabar bergan edik. 30 yashar “Ravshan Zolotoy” bir necha kun Toshkentda bo‘lib, yana mamlakatni tark etgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Aniqlashimizcha, Ravshan Muhiddinov ayni damda Turkiyaning Bodrum shahrida bo‘lib turibdi. U sohilbo‘yidagi “Maçakizi” mehmonxonasiga joylashgan. 

2007 yilda 18 yashar Ravshan Muhiddinovga O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 242-moddasi bo‘yicha bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingandi.
 
Muhiddinov bundan 12 yil avval, G‘afur Rahimovga nisbatan tazyiqlar kuchaygan davrda og‘ir jinoyatlarda ayblangan va mamlakatni tark etgan. U asosan Turkiyaning Istanbul va Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shaharlarida istiqomat qilgan. Bu orada O‘zbekistonning talabi bilan shu shaharlardagi qamoqxonalarda hibsda saqlangan.  

Ravshan Muhiddinov nomi Toshkentga qaytishi arafasida Ichki ishlar vazirligi saytining qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatidan olib tashlandi. Bundan bir necha oy avval ushbu ro‘yxatda G‘afur Rahimovning ham nomi bor edi. Oradan ko‘p o‘tmay, Rahimovning nomi ham ro‘yxatdan o‘chirildi va u mamlakatga qaytib keldi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Ravshan Muhiddinov Ravshan Zolotoy

Baholaganlar

643

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing