G‘afur Rahimov AIBA'ga qaytmasligini e’lon qildi
Sport
−
16 iyul 2019
8085Joriy yilning 2 noyabrida Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) rahbari etib saylangan G‘afur Rahimov tashkilotning ushbu vakolatini qaytarib topshirdi. Bu haqda AIBA’ning Matbuot xizmatiga tayanib Champonat.com nashri xabar tarqatdi.
Xabaringiz bor G‘afur Rahimov mart oyida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bosimi ostida Xalqaro boks assotsiatsiyasi rahbarligidan iste’foga chiqqani to‘g‘risida maxsus bayonot bilan chiqqan edi. Ammo, u tashkilot nizomiga ko‘ra, bir yil ichida saylovlarsiz yana o‘z o‘rniga qaytishi mumkin edi.
AIBA ijroya qo‘mitasi joriy yilning 27 iyun kuni ushbu bandni nizomdan chiqarib tashlagan edi. Kecha, 15 iyul kuni G‘afur Rahimov tashkilot rahbarligidan to‘liq iste’foga chiqqanini e’lon qildi.
LiveBarchasi