BAA 10 nafar qirg‘izistonlik bokschiga viza bermadi
Sport
−
02 dekabr 2647 2 daqiqa
Boks bo‘yicha Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasining 10 nafar a’zosi joriy yilning 3–13 dekabr kunlari Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan IBA jahon chempionatiga viza ololmadi. Bu haqda Qirg‘iz Respublikasi boks federatsiyasiga tayanib, “Sport AKIpress” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, barcha kerakli hujjatlar o‘z vaqtida topshirilganiga qaramay, terma jamoaning 10 nafar a’zosi BAAga viza ololmagan.
“Qirg‘iziston boks federatsiyasi 13 nafar sportchini rasman ro‘yxatdan o‘tkazdi. Jamoamizga viza olish uchun IBA Jahon chempionati tashkilotchilariga barcha kerakli hujjatlarni taqdim etdik. Ikki nafar sportchi va bir murabbiyga viza berildi, qolgan 10 nafariga esa rad javobi berildi”, deyiladi federatsiya bayonotida.
Federatsiya turnirga 13 kishini taklif qilgan, biroq faqat ikki sportchi - Omar Livaze (63,5 kg) va Almaz O‘rozbekov (67 kg), shuningdek bosh murabbiy Daniyar Tologonga vizalar berildi, xolos. Jamoaning qolgan 10 nafar vakiliga rad javobi berilgan.
Anvarjon Hojiyev (48 kg), Mirlan Turkbay o‘g‘li (51 kg), Sanjay Seydakmatov (54 kg), Rispek Bektenov (60 kg), Ixtiyor Nishonov (71 kg), Sirg‘ak Abdijapar o‘g‘li (75 kg), Omurbek Bekjigit o‘g‘li (80 kg), Erkin Adilbek o‘g‘li (85 kg), Bakit Toktosun o‘g‘li (92 kg) va Mirzakir Koshaliyevga (+92 kg) viza berilmagan.
Qirg‘iz Respublikasi boks federatsiyasi bergan bayonotga ko‘ra, bunday vaziyat 46 ta ishtirokchi davlatga tegishli bo‘lib, bu jahon chempionatining to‘laqonli o‘tkazilishini shubha ostiga qo‘yishi mumkin.