“Ravshan zolotoy” xalqaro qidiruvga berildi
3-sahifa
−
17 aprel 13076 2 daqiqa
“Ravshan zolotoy” laqabi bilan tanilgan o‘zbekistonlik Ravshan Muhitdinov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi so‘rovi bilan Interpol orqali xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqdagi e’lon Interpol saytida paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, 1988 yilda tug‘ilgan Ravshan Muhitdinov Jinoyat kodeksining 173-moddasi 3-qismi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 242-moddasi 2-qismi (Jinoiy uyushma tashkil etish), 277-moddasi 3-qismi (Bezorilik) bilan ayblanmoqda.
-%D0%B2%D0%BE%D1%81%D1%81%D1%82%D0%B0%D0%BD%D0%BE%D0%B2%D0%BB%D0%B5%D0%BD%D0%BE-%D0%B2%D0%BE%D1%81%D1%81%D1%82%D0%B0%D0%BD%D0%BE%D0%B2%D0%BB%D0%B5%D0%BD%D0%BE.jpg)
Aytish o‘rinliki, Ravshan Muhitdinovning bojasi Sanjar Karimov (Sanjik) uy mojarosi ortidan hibslangan edi. 10 aprel kuni uning ishi bo‘yicha birinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Sanjar Karimov Jinoyat kodeksining 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi hamda 273-modda (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Ravshan Muhitdinov taniqli tadbirkor va Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasining (AIBA) sobiq prezidenti G‘ofur Rahimovning jiyani hisoblanadi.
Ravshan Muhitdinov 2007 yilda (18 yoshida) Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari (jumladan, jinoiy uyushma tashkil etish) bilan ayblanib, qidiruvga berilgan. U 12 yil davomida O‘zbekistondan tashqarida (asosan Istanbul va Dubayda) istiqomat qilgan.
2019 yilda unga nisbatan e’lon qilingan qidiruv bekor qilindi va u O‘zbekistonga qaytib keldi. Xabarlarga ko‘ra, unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar qayta ko‘rib chiqilib, oqlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Ravshan Muhitdinovning o‘z tog‘asi G‘ofur Rahimov bilan moliyaviy masalalarda kelishmovchiligi bo‘lgani va bu nizo hatto jismoniy tazyiqlargacha borib yetgani haqida videomurojaatlar tarqalgan.
Ba’zi OAV va ekspertlar uni MDH hududidagi ta’sir doirasiga ega shaxslar bilan yaqin aloqada deb hisoblashadi, biroq Muhitdinovning o‘zi bergan intervyularida bunday iddaolarni rad etib, shunchaki tadbirkor ekanini ta’kidlaydi.
Live
Barchasi