Rasman: Jonson iste’foga chiqishga rozi bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 7 iyul kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson iste’foga chiqishga rozi bo‘ldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jonson hukmron partiyaning yangi rahbari saylanmaguncha Bosh vazir vazifasini bajarishda davom etadi. 

“Boris Jonson iste’foga chiqishga rozi bo‘ldi, ammo u Konservativ partiyasining yangi rahbari saylanmaguncha Bosh vazir bo‘lib qolmoqchi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Boris Jonson yaqin soatlarda iste’foga chiqish haqida ariza yozishi aytilgandi. Agar u o‘z lavozimini saqlab qolishda davom etsa, kelasi hafta unga yana bir marotaba Jonsonning lavozimida qolishi uchun ovoz berilishi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, Ichki ishlar vaziri Priti Patel, Tashqi savdo kotibi Enn-Mari Trevelyan, Biznes, engergetika va sanoat strategiyasi vaziri Kvazi Kvarteng, Transport vaziri Grant Shepps va yangi Moliya vaziri Nadim Zaxavi Bosh vazirni iste’foga chiqishga undadi, biroq Jonson ularga o‘z lavozimini tark etmasligini aytdi.

Joriiy yilning 5 iyul kuni esa Buyuk Britaniya Hukumatidagi ikki vazir Rishi Sunak, Sog‘liqni saqlash vaziri Sajid Jovid, shuningdek Ta’lim vaziri o‘rinbosari Uill Kvins hamda Angliya va Uels Bosh prokurori o‘rinbosari Aleks Chak Bosh vazir Boris Jonson bilan bog‘liq bir qator mojarolar fonida iste’foga chiqqandi. So‘nngi ma’lumotlarga ko‘ra, iste’foga chiqqan britaniyalik siyosatchilarning soni 50 dan oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

Boris Jonson

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing