Rasman: Jarimaning 50 foizi 15 kunda to‘lansa, qolgan qismidan voz kechiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda huquqbuzarga jarima solish to‘g‘risidagi qaror fuqaroga topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lasa, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi. Bu kecha, 18 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish kiritish bo‘yicha Qonunda nazarda tutilgan.

Kodeksning 332-1-moddasiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lasa, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda:

Kodeksning 131132136 va 140-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda;

jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda qo‘llanilmaydi.

Mazkur Qonun joriy yilning 1 mayidan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

jarima

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing