Rasman: Tramp yana prezidentlikka nomzodini qo‘ydi

Olam

image
Melaniya Tramp turmush o‘rtog‘ini maqtovlar bilan siyladi north_east

Melaniya Tramp turmush o‘rtog‘ini maqtovlar bilan siyladi

Donald Tramp AQSH prezidentligiga yana Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lishga rasman rozilik berdi.Bu haqda “The New York Times” nashri xabar berdi.

“Bugun kechqurun men AQSH prezidentligiga nomzodlikni samimiy minnatdorlik va cheksiz optimizm bilan qabul qildim", degan u Respublikachilar partiyasi qurultoyidagi chiqishida.

Uning saylovdagi raqibi AQSHning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden 21 avgust kuni Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod sifatida qatnashishga rasman rozi bo‘lgan edi.

Avvalroq, AQSH Kongressining Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Jo Bayden va Prezident Donald Tramp o‘rtasida debat o‘tkazilishiga qarshi ekanligini ma’lum qilgandi.

Pelosining fikricha, nomzodlar bahslashish o‘rniga, “Amerika xalqi”ning savollariga turli joylarda nutq so‘zlab javob berishlari kerak.

Ma’lumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuni o‘tkaziladi.

 

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jo Bayden AQShda saylov Donal't Tramp

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing