Rasman: Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri qamoqqa olindi
3-sahifa
−
18 dekabr 2023
15090Avvalroq, sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qamoqqa olingani haqida xabar bergan edik. QALAMPIRUZ manbasi esa uning DXX hibsxonasida saqlanayotganini ma’lum qildi.
Shuningdek, Aziz Voitovning hibsga olinishi bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlar ochiqlandi.
Nihoyat Oliy sud ham mazkur jinoiy ish bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqladi.
Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida Bosh prokuror o‘rinbosarining Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan Aziz Voitov (1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlagan) ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan ko‘rib chiqilgan.
"Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2023 yil 14 dekabrdagi ajrimi bilan Bosh prokuror o‘rinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi Aziz Voitovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi", deyiladi bu haqdagi xabarda.
LiveBarchasi