Rasman: Ruslan Abdullayev nufuzli promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi
Sport
−
12 mart
1919Faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan o‘zbekistonlik Jahon chempioni Ruslan Abdullayev “Golden Boy” promouterlik kompaniyasi a’zosiga aylandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Oskar De La Xoyya boshchiligidagi “Golden Boy” promouterlik kompaniyasi 22 yoshli o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Abdullayev bilan shartnoma imzoladi. Abdullayev professional karerasi davomida hozircha bitta jang o‘tkazib, g‘alabaga erishgan. U 7 mart kuni Indio shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomi doirasida Xose Valensuela Alvaradoni nokautga uchratgan edi.
Qayd etish joiz, “Golden Boy” bilan Abdullayevdan tashqari yana bir o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev ham hamrohlik qiladi. Shu tariqa, mazkur nufuzli promouterlik kompaniyasidagi o‘zbekistonlik mijozlar ikki nafarga yetdi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

