Rasman: Rossiya Ochiq osmon shartnomasidan chiqdi
Olam
−
18 dekabr 2021
23491Rossiya bugun, 18 dekabr kuni Ochiq osmon shartnomasidagi ishtirokini rasman to‘xtatdi va shu tariqa ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni bekor qildi. Bu qaror Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan.
Bir necha oy oldin Rossiya shartnomada ishtirok etuvchi qolgan davlatlarni bu haqda ogohlantirgan edi.
“Ushbu qadam shartnoma asosida tuzilgan, bizning mamlakatimiz va Belarusni o‘z ichiga olgan a’zo davlatlar guruhidan bir vaqtning o‘zida chiqishni nazarda tutadi”, deyiladi TIV bayonotida.
Vazirlikning ta’kidlashicha, Rossiya “AQSH, uning ittifoqchilari va mijozlari tomonidan Ochiq osmon shartnomasi qoidalari ko‘plab buzilishiga qaramay” kelishuvni saqlab qolish uchun hamma narsani qildi.
Ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnoma 1992 yil mart oyida YeXHTga a’zo davlatlar tomonidan imzolangan. Shartnomani imzolagan davlatlar boshqa tomonlarga o‘z hududi bo‘ylab foto va video tasvirga olishdan foydalangan holda kuzatuv parvozlarini amalga oshirishga ruxsat berishi shart. O‘tgan yili AQSH rasmiylari Rossiyani kelishuvni buzganlikda ayblab, undan chiqish niyatini e’lon qilgan edi. 2020 yil noyabr oyidan chiqish to‘g‘risidagi qaror kuchga kirdi. Amerika tomoni Checheniston ustidan parvozlarni cheklash, shuningdek Kaliningrad viloyatida parvozlarni cheklashdan norozi edi. Moskva bu ayblovlarni rad etib, Vashingtonga qarshi da’volarni, jumladan Gavayi orollari ustidan parvozlarni ilgari surdi.
Joriy yilning may oyida Prezident Vladimir Putin Davlat Dumasiga shartnomani denonsatsiya qilish loyihasini taqdim etgan edi. Hujjat parlamentning quyi palatasi va Federatsiya Kengashida ma’qullanganidan keyin u shartnomani rasman denonsatsiya qildi.
LiveBarchasi