Rasman! Polsha raketalar qulashi ortidan jangovar shaylikni oshirdi
Olam
−
16 noyabr 2022
6793Polsha rasmiylari mamlakat sharqidagi raketalar qulashi bilan bog‘liq hodisa tufayli mamlakatdagi ayrim harbiy qismlarning jangovar tayyorgarligini oshirishga qaror qildi. Bu haqda Polsha hukumati matbuot kotibi Pyotr Myuller Xavfsizlik va mudofaa qo‘mitasining favqulodda holatga bag‘ishlangan yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha bayonot berdi.
“Yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan Polsha hududidagi ayrim harbiy qismlarning jangovar tayyorgarligini oshirish bo‘yicha qaror qabul qilindi”, deydi Myuller.
Uning so‘zlariga ko‘ra, raketa tushishi oqibatida mamlakatning ikki fuqarosi halok bo‘lgan. Tegishli xizmatlar voqea holatlarini o‘rganmoqda.
Bundan tashqari, Polsha Prezidenti Anjey Duda 16 noyabr kuni Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini ham o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 noyabr kuni tushdan keyin Rossiya armiyasi Ukrainaga yirik raketa hujumi uyushtirgan paytda Polsha hududiga ikkita raketa tushdi. Raketalar Ukraina bilan chegaradan besh kilometr uzoqlikda joylashgan Lyublin voyevodaligi (Polshadagi eng yirik ma’muriy birlik)ning Pshevoduv qishlog‘i hududiga tushgan. Hodisa oqibatida portlash yuz bergan, ikki kishi qurbon bo‘lgan.
LiveBarchasi