Rasman. Mundial Benzemasiz o‘tadigan bo‘ldi

Sport

image

Madridning "Real" klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi, “Oltin to‘p” sohibi Karim Benzema Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda Fransiya terma jamoasining Twitter'dagi rasmiy sahifasi xabar berdi.

 "Chap sonidagi jarohati tufayli Karim Benzema Jahon chempionatida ishtirok etmaslikka majbur bo‘lmoqda. Butun jamoa Karimning qayg‘usiga sherik bo‘lib, uning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi”, deyiladi Fransiya terma jamoasi sahifasida.

Benzema jarohatidan forig‘ bo‘lib, individual tarzda shug‘ullanayotgandi. 19 noyabr, shanba kuni Karim Fransiya safiga qo‘shildi, biroq yana mushaklaridan jarohat oldi va mashg‘ulotni yakunlay olmadi.

Fransuzlarning JCH-2022dagi dastlabki o‘yini 22 noyabr kuni Avstraliyaga qarshi bo‘ladi. Shuningdek, "D" guruhidan Daniya va Tunis terma jamoalari joy olgan. 

Ma’lumot uchun, Fransiya amaldagi Jahon chempioni hisoblanadi. 2018 yilda Rossiyada Dide Desham shogirdlari finalda xorvatlarni mag‘lubiyatga uchratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Fransiya Benzema

Baholaganlar

135

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing