Rasman! Mandat qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) joriy yilning 26 avgust yoki 27 avgust kuni e’lon qilinadi. Bu haqda Davlat test markazi matbuot kotibi Orziqul Boboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

“Mandat test sinovlari yakunlanganidan yetti kun o‘tib e’lon qilinadi. Joriy yil test sinovlari 20 avgustda tugashini inobatga olsak, yakuniy javoblar 27 avgust kuni e’lon qilinishi kerak”, deydi Orziqul Boboyev. 

Eslatib o‘tamiz, 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bugun, 8 avgust kunidan boshlanadi. 20 avgust kuni so‘nggi imtihonlar bo‘lib o‘tadi.

Abituriyetlar test natijalarini imtihon topshirgan kunining ertasiga, o‘qishga kirgan-kirmaganini esa mandat e’lon qilinganidan keyin quyidagilar orqali bilishi mumkin:

•  my.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinet;
•  @e_dtm_mandatbot, @e_dtm_mandat1bot, @e_dtm_mandat2bot, @e_dtm_mandat3bot, @e_dtm_mandat4bot Telegram-botlari.

Apellyatsiya arizalari 21 avgustdan 30 avgustgacha qabul qilinadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Mandat

Baholaganlar

4623

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing