Mandat e’lon qilindi. Natijani qanday tekshirish mumkin?

Jamiyat

image

2026-2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi. 

Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1. my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2. mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3. Telegram botlari orqali:

Bilimni baholash agentligining quyidagi Telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan ID raqamini yuborgan holda:

@bmba_natija_bot
@bmba_natija_1bot
@bmba_natija_2bot

4. Test natijalari qaydnomasi orqali.

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing