Mandat e’lon qilindi. Natijani qanday tekshirish mumkin?

Jamiyat

image

2025-2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi. 

Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.

1. my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2. mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3. Test natijalari qaydnomasi orqali.

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) joriy yilning 15 avgust yoki 16 avgust kuni e’lon qilinishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Mandat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing