OTMga kirish imtihonlari qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 8 avgust kunidan boshlanadi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

•  birinchi smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
•  ikkinchi smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20 avgust kuni yakunlanadi.

Test sinovida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 4 avgust kunidan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil ham kirish imtihonlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

kirish imtihonlari

Baholaganlar

1332

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing