Bu yil OTMlarga kirish imtihonlari yopiq binolarda o‘tkaziladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

3 yillik tanaffusdan keyin O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari yana yopiq pavilonlarda o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlik bergan ma’lumotga ko‘ra, 2023-2024 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olingan hamda ularning rejalashtirilgan chizmalari tayyorlanib, mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan.

Ma’lumot uchun, koronavirus pandemiyasi sababli O‘zbekistonda 2020-2022 yillarda 3 yil ketma-ket test sinovlari ochiq joylarda, jumladan, stadion va xiyobonlarda o‘tkazilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM O'zbekiston kirish imtihonlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing