Rasman: Xayrulla Bozorov yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Xayrulla Bozorov boshqa lavozimga o‘tkazilayotgani munosabati bilan Namangan viloyati hokimi vazifasidan ozod etilgan edi. 

Bugun, 25 sentyabr kuni Farg‘ona viloyatida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Administratsiyasi raisi Zaynilobiddin Nizomiddinov va Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etdi. Yig‘ilishda Xayrulla Bozorovga Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi. 

Ma’lumot o‘rinida, Xayrulla Bozorov 1976 yilning 16 yanvar kuni Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 1997 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan. 

1995-2003 yillarda - Namangan viloyat Davlat soliq boshqarmasi inspektori, katta inspektori, bosh inspektori, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i;

2003-2003 yilda - Namangan shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;

2003-2005 yillarda - Namangan shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i;

2005-2006 yillarda - Namangan viloyati hokimligining Axborat-tahlil guruhi bosh mutaxassisi;

2006-2007 yillarda - Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi rahbari;

2007-2008 yillarda - Namangan viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

2008-2009 yillarda - Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani hokimi;

2009-2014 yillarda - Namangan viloyati Chust tumani hokimi;

2014-2015 yillarda - Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimi lavozimlarida ishlagan. 

2015 yildan bugungacha Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Eslatib o‘tamiz,Farg‘ona viloyati hokimi lavozimida 2012 yildan buyon ishlab kelayotgan Shuhrat G‘aniyev Bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallashi mumkin

Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xayrulla Bozorov

Baholaganlar

524

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing