Farg‘ona viloyati hokimi senatorlikka saylandi
Jamiyat
−
27 fevral 2021
8171Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi Teatr-konsert saroyida xalq deputatlari Farg‘ona viloyat, shahar va tuman kengashlarining Oliy Majlis Senati a’zolari saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda kun tartibidagi masala – bo‘shab qolgan ikki o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zolarini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.
Shahar-tuman kengashlari deputatlaridan iborat maslahat kengashi qo‘shma majlis muhokamasiga 2-Mirzo Ulug‘bek saylov okrugidan xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, viloyat hokimi Xayrulla Bozorov va 31-Quva saylov okrugidan viloyat kengashi deputati, viloyat “Ona va bola” skrining markazi direktori Manzura Salimova nomzodini yashirin ovoz berish uchun byulletenga kiritishni taklif qildi.
Mazkur taklif ma’qullandi va yashirin ovoz berish jarayoni boshlandi.
Saylov natijalariga ko‘ra, Xayrulla Bozorov va Manzura Salimova Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi.
Avvalroq, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov va Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Senat a’zosi etib saylangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi