Namanganning yangi hokimi eskisini to‘n kiydirib jo‘natdi (fotofakt)
Jamiyat
−
25 Sentabr 2020
16811Biroz avval, bugun, 25 sentyabr kuni Namangan shahar hokimligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani, unda Prezident Administratsiyasi raisi Zaynilobbiddin Nizomiddinov va Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etgani, Namangan viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarish Shavkat Abdurazzoqovga yuklangani haqida xabar bergan edik.
Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan viloyat hokimi lavozimidan ozod etilgani to‘g‘risida Prezident farmoni o‘qib eshittirildi.
Yig‘ilishda 2015 yildan buyon Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Xayrulla Bozorov hurmat va ehtirom bilan boshqa lavozimga kuzatilgan.
Ma’lumot o‘rinida, Xayrulla Bozorov 1976 yilning 16 yanvar kuni Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 1997 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan.
1995-2003 yillarda - Namangan viloyat Davlat soliq boshqarmasi inspektori, katta inspektori, bosh inspektori, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i;
2003-2003 yilda - Namangan shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;
2003-2005 yillarda - Namangan shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i;
2005-2006 yillarda - Namangan viloyati hokimligining Axborat-tahlil guruhi bosh mutaxassisi;
2006-2007 yillarda - Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi rahbari;
2007-2008 yillarda - Namangan viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
2008-2009 yillarda - Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani hokimi;
2009-2014 yillarda - Namangan viloyati Chust tumani hokimi;
2014-2015 yillarda - Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimi lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Xayrulla Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Shuhrat G‘aniyev esa Bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallashi mumkin.
LiveBarchasi