Rasman: Qirg‘iz-tojik chegarasida vaziyat keskinligi e’lon qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, bugun, 14 iyun kuni yana qirg‘iz-tojik chegarasida otishma sodir bo‘lgan haqida xabar bergan edik. Otishmadan keyin o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari chegaraning umumiy uchastkasidagi mojaro zonasida joylashgan bo‘linmalarni jangovar pozitsiyalardan olib chiqishga qaror qilishdi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati ma’lum qildi. 

“Muzokaralarning birinchi natijasi bo‘linmalarni jangovar pozitsiyalaridan olib chiqish qarori bo‘ldi. 2022 yil 14 iyun soat 13: 00 holatiga ko‘ra, Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasi uchastkasida vaziyat keskin”, deyiladi rasmiy xabarda. 

Chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken tumanining Buloq-Boshi hududida bo‘lib o‘tayotgan tomonlar vakillarining uchrashuvida Tojikistonning So‘g‘d viloyati va Botken viloyati vakillari ishtirok etmoqda. 

“Tomonlar “Buloq-Boshi” (Qirg‘iziston) va “Kex” (Tojikiston) chegara postlari o‘rtasidagi otishma sabablarini ko‘rib chiqmoqda”, deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, Qirg‘iziston tomonidan bugun ertalab Buloq-Boshi hududida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida sodir bo‘lgan otishmada hech kim jabrlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston-Tojikiston

Baholaganlar

1020

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing