Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegara masalasini tinch yo‘l bilan hal qilmoqchi
Olam
−
23 noyabr 2023
3286Qirg‘iziston va Tojikiston ikki davlat o‘rtasidagi chegara chizig‘ini aniqlashtirish masalasida muammoni diplomatik yo‘l bilan hal qilish darajasiga yetgan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov bugun, 23 noyabr kuni Qirg‘iziston parlamentida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
“Vazirlar Mahkamasi raisi, Prezident Administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov Oliy Kengash majlisida davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish hamda xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratdi. Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasini delimitatsiya qilish jarayoni yakunlangani, qirg‘iz-tojik davlat chegarasini aniqlashtirish ikki davlat o‘rtasidagi diplomatiya yo‘liga o‘tganini aytdi”, deyiladi Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati bayonotida.
Hozirda Qirg‘iziston faqat Tojikiston bilan chegaraning umumiy uchastkasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish tartibini yakunlamadi. Xitoy, Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan bu jarayon yakunlangan. Qirg‘iz-Tojikiston chegarasining uzunligi 900 km dan oshadi, bahsli hududlar mavjudligi sababli tomonlar o‘rtasida vaqti-vaqti bilan nizolar, shu jumladan qurol ishlatish holatlari kuzatilgan. Ayni paytda chegara chizig‘ining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i allaqachon kelishilgan.
Japarov, shuningdek, respublika xavfsizlik va huquq-tartibot idoralarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotganini bildirgan.
“Ikki yil davomida chegara xizmatiga 20 milliard so‘mdan ortiq (taxminan 224 million dollar) mablag‘ ajratildi, qurol-yarog‘, uchuvchisiz samolyotlar va og‘ir zirhli texnikalar xarid qilindi”, degan Bosh vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Qirg‘iziston birinchi marta zenit-raketa tizimini qo‘lga kiritdi, hozirda mamlakatda “havo hujumidan mudofaa”ni ta’minlaydigan 10 ta vertolyot va 1 ta samolyot jangovar shay holatda.
“Ichki ishlar vazirligi orqali har bir ichki ishlar bo‘limiga planshetlar va tana kameralari xarid qilindi. Hududlarga 143 ta texnika, jumladan, yengil avtomobillar, 20 ta “Uragan” mobil avtokompleklari yetkazib berildi. Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida 800 dan ortiq videokameralar o‘rnatildi”, deydi u.
Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi davlat chegarasining uzunligi qariyb 980 km. 2002 yilning dekabr oyidan boshlab uni delimitatsiya qilish (davlat chegarasini uning o‘tish joyini tavsiflash va xaritada chizish) bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning kuzida Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida qurolli mojaro kuzatilgandi. Unda 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.
LiveBarchasi