Qirg‘izistonda Tojikiston bilan to‘qnashuvda yuzlab uylar vayron bo‘lgani aytildi
Olam
−
30 Sentabr 2022
5282Ikki hafta avval Qirg‘iziston va Tojikiston chegara qo‘shinlari o‘rtasida ikki davlat chegarasida yuz bergan mojaroda 640 ta qishloq uyi zarar ko‘rgan, ulardan 430 tasi yaroqsiz holga kelgan, 240 tasi ta’mirga muhtoj. Bu haqda bugun, 30 sentyabr kuni Qirg‘iziston hukumatida ma’lum qilindi.
To‘qnashuvlar davomida 11 ta jamoat binosi, 18 ta ijtimoiy ob’ekt, 8 ta maktab, 7 ta bolalar bog‘chasi, 3 ta poliklinika, 1 ta ko‘prik va 55 ta avtomobil zarar ko‘rgan.
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov mamlakat janubidagi Leylek va Botken viloyatlarining Oq-Say, Kapchig‘ay, Min-O‘ruk va Do‘stluk qishloqlarida bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi shaxsiy tarkibi, qishloq aholisi va ko‘ngillilar tomonidan olib borilayotgan tozalash ishlari bilan joyida tanishdi.
Vazirlar Mahkamasi rahbari chegaradosh qishloqlar aholisi bilan uchrashib, vayron bo‘lgan uy-joylar, ijtimoiy ob’ektlar va boshqa infratuzilmani tiklash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z ochgan.
Japarov jabrlangan barcha uylar va ijtimoiy ob’ektlar tiklanishiga va’da bergan.
Shu maqsadda, uning so‘zlariga ko‘ra, komissiya tuzilib, uning birinchi yig‘ilishi 1 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi