Rasman! IIV Qoraqalpog‘istondagi namoyishlar yuzasidan bayonot berdi

Jamiyat

image

Bugun, 1 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ayrim fuqarolar kutilmaganda ko‘cha yurishlarini tashkil qilib, Nukusning Markaziy dehqon bozorida to‘planib, namoyishlar uyushtirdi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat taxminan 15.00 lardan boshlangan. Namoyishlarga sabab ayrim fuqarolar O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilishlari bo‘lgan. Shu sabab odamlar Markaziy dehqon bozorida to‘planib, namoyishlar uyushtirgan.

Mazkur holat yuzasidan, jamoat tartibini buzilishini oldini olish hamda fuqarolar tomonidan turli tartibbuzarliklarni sodir etishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, dehqon bozori hududiga huquqni muhofaza qilish organlarining kuch va vositalari jalb etilgan.

Xabarga ko‘ra, hozirda jamoat tartibi tiklanib, fuqarolarning qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari va barcha murojaatlari o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston Respublikasi namoyish Qoraqalpog'istonliklar Qoraqalpog'istonda miting

Baholaganlar

5022

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing