Rasman. De Bryuyne “Siti”dan ketishini e’lon qildi
Sport
−
04 aprel
5732Belgiya terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi yetakchisi Kevin De Bryuyne joriy mavsum yakunida “shaharliklar”ni tark etadigan bo‘ldi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida ma’lum qildi.
“Siz bu xatni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, demak hamma narsani fahmlab turibsiz. Tezda maqsadga o‘taman. Oldindagi oylar mening “shaharliklar” safidagi so‘nggi damlarim bo‘ladi. Bu haqda yozish menga juda og‘ir. Ammo har bir futbolchi o‘zining qachon ketishini biladi. Menda ham shu kun keldi. Siz bu haqda birinchilardan bo‘lib eshitishga loyiqsiz. Futbol meni bu shaharga, bu klubga olib kelganidan xursandman. Men orzularim ortidan quvib yurgandim, lekin bu yo‘l hayotimni butunlay o‘zgartirishini tasavvur ham qilmaganman. Bu klub, bu shahar, bu odamlar menga futbolda hamma narsani berdi. Men jamoa bilan hamma narsaga erishdim. Manchester faqat farzandlarimizning pasportida emas, balki undanda muhimrog‘i, yuragimizda abadiy qoladi. Har hikoyaning yakuni bor, ammo bu bob eng yaxshisi bo‘ldi. Keling, mana bunday so‘nggi lahzalarni birga o‘tkazaylik. Cheksiz hurmat bilan KDB17”, deydi De Bryuyne.
Ma’lumot o‘rnida, Kevin De Bryuyne “Manchester Siti” safiga 2015 yilda kelib qo‘shilgan va uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. 33 yoshli belgiyalik futbolchi klub tarkibida 413 ta o‘yinda maydonga tushib, 106 ta gol urib, 174 ta assist amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
LiveBarchasi