Rasman: “svet”, gaz va suvdan noqonuniy foydalangan shaxslar qamaladi

Jamiyat

image

Avvalroq, Oliy Majlis Senatining o‘ttiz yettinchi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekistonda “svet”, gaz va suvdan noqonuniy foydalanish o‘g‘rilik jinoyati bilan tenglashtirilishi va bu qonun ular tomonidan ma’qullangani haqida xabar bergan edik. Mazkur qonun kuchga kirdi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, kecha, 13 mart kuni tasdiqlangan Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks (MJtK) hamda Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Unga ko‘ra, elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish o‘g‘rilik deb belgilandi. 

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki kommunal xizmatlarni hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan talon-toroj qilish o‘g‘rilik deb belgilandi. Mazkur huquqbuzarlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Shuningdek, MJtKga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlikni oz miqdorda sodir etgan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln so‘mdan 6 mln so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish jazosi qo‘llanilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

gaz O'zbekiston suv svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing