Rasman: Budanov Yermakning o‘rnini egalladi

Olam

image

Kecha, 2 yanvar kuni Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov Ukraina Prezidenti ofisi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainada barqarorlikni mustahkamlash maqsadida ichki “qayta yuklash” jarayoni boshlanganini ma’lum qilgan.

Asosiy tayinlovlar:

  • Kirill Budanov Prezident ofisi rahbari etib tayinlandi. Uning faoliyati asosan xavfsizlik masalalari va muzokaralar jarayoniga qaratiladi.
  • Oleg Ivashchenko Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasiga rahbar bo‘ladi. U avval armiyada xizmat qilgan va Ukraina Tashqi razvedka xizmatiga rahbarlik qilgan. Tashqi razvedka xizmatining yangi rahbari bo‘yicha qaror yaqin vaqt ichida qabul qilinadi.
  • Davlat chegara xizmatining yangi rahbari tayinlanishi kutilmoqda. Nomzodni Ichki ishlar vaziri taqdim etadi.
  • Mixail Fyodorov Ukraina Mudofaa vaziri lavozimiga taklif etildi. Zelenskiy uning “Dronlar liniyasi”ni rivojlantirish va davlat xizmatlarini raqamlashtirishdagi yutuqlarini alohida qayd etgan.
  • Denis Shmigal jamoada qoladi va davlat ishlarining boshqa yo‘nalishiga rahbarlik qiladi.

Qo‘shimcha qarorlar:

  • Davlat tergov byurosini isloh qilish bo‘yicha Prezident qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Hujjatni yanvar oyida Oliy Radaga taqdim etish rejalashtirilgan.
  • Prezident ofisi rahbari o‘rinbosari Pavel Palisa jangovar brigadalar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, Ukrainaning pozitsiyalarini kuchaytirish bo‘yicha yechimlar ishlab chiqadi.
  • Amaldagi urush tajribasini inobatga olgan holda harbiy ta’lim tizimida ham o‘zgarishlar rejalashtirilmoqda. Ukriana Prezidenti kadrlar bo‘yicha o‘zgarishlar davom etishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy Kirill Budanovga Prezident devoni rahbari lavozimini taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.

2025 yil noyabr oyining oxirida Ukraina Milliy aksilkorrupsiya byurosi va Ixtisoslashtirilgan aksilkorrupsiya prokuraturasi hukumat mahallasida Prezident devoni rahbari Andrey Yermakka tegishli joylarda tintuvlar o‘tkazgan edi. Ko‘p o‘tmay, Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak iste’foga ariza bergani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Kirill Budanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing