Rasman: Aguero “Barselona”ga o‘tdi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi hujumchisi Serxio Aguero “Barselona”ga o‘tdi. Kataloniya klubi o‘zining “Twitter” sahifasida ma’lum qildi.

Bungacha 32 yoshli argentinalik futbolchi “Barselona”ga o‘tishdan oldin chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgani xabar qilingandi. Aguero kataloniyaliklar bilan 2023 yilgacha shartnoma tuzdi.

Ma’lumot uchun, Serxio Agueroning “Manchester Siti” bilan shartnomasi yozda nihoyasiga yetadi. U 2011 yildan beri “shaharliklar” safida to‘p surib kelayotgandi. Aguero “Siti” bilan besh karra Angliya chempioni va Kuboki sohibi bo‘lgan va uch karra Angliya Superkubogi hamda olti karra Angliya liga kubogini qo‘lga kiritgan.

Aguero “Manchester Siti”da 390 ta o‘yin o‘tkazib, 260 ta gol urgan va 73 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Serxio Aguero

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing