Aguero yana Husanovni e’tirof etdi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi afsonasi Serxio Aguero O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning o‘yinini yuqori baholab, agar shu tempda davom etsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri bo‘lishini aytdi. Bu haqda argentinalik sobiq futbolchi “City Xtra” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Husanov tezkor va agressiv o‘yin ko‘rsatadi. Menga u yoqadi. Ammo uning qanday rivojlanishini vaqt ko‘rsatadi. Men futbolchini har doim uning darajasini qancha vaqt ushlab tura olishiga qarab baholayman. Agar u bu darajani uch-to‘rt yil davomida saqlasa, uni dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri deb aytish mumkin,” deydi Aguero.

Uning ta’kidlashicha, Husanovda katta salohiyat bor va agar u shu yo‘nalishda davom etsa, katta natijalarga erishishi mumkin. Shu bilan birga, Aguero yuqori darajani doimiy ushlab turadigan boshqa himoyachilar ham mavjudligi qayd etgan.

Abduqodir Husanov 2025 yil yanvar oyida Fransiyaning “Lans” klubidan taxminan 40 million yevro evaziga “Manchester Siti”ga o‘tgan. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. 

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Husanov “Manchester Siti” tarkibida barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. Shulardan 18 tasi Angliya Premer-ligasida, 6 tasini esa Chempionlar ligasida qolgan 9 tasini esa Angliya kubogi va liga kubogi uchrashuvlariga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Serxio Aguero “shaharliklar” kelajakda Abduqodir Husanovga to‘liq ishonishlari mumkinligi haqida aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Serxio Aguero “Manchester Siti” Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing