Saloh Aguerodan o‘zib ketdi
Sport
−
21 Oktabr 2024 2684 1 daqiqa
“Liverpul” vingeri Muhammad Saloh kecha, 20 oktyabr kuni “Chelsi” bilan Angliya chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda (2:1) gol va golli uzatmaga mualliflik qildi. 32 yoshli misrlik futbolchi o‘yinning 29-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 51-daqiqada hujumchi yakuniy hisobni o‘rnatgan Kertis Jonsga uzatmani amalga oshirdi va “Manchester Siti”ning sobiq hujumchisi Serxio Agueroning natijasini yangiladi.
Hozirda futbolchi APLda “Liverpul” safida 232 ta samarali harakat qilgan – 160 ta gol va 72 ta golli uzatma. Saloh bitta klub tarkibida Angliya chempionatida gol+pas tizimidan foydalangan holda eng ko‘p ochko to‘plagan futbolchilar ro‘yxatida 6-o‘rinni egalladi. Bu borada Aguero hisobida 231 ochko bor.

Salohning navbatdagi maqsadi Frenk Lempard 237 ochkolik natijasidan o‘zib ketish hisoblanadi. Ueyn Runi gol+pas tizimidan foydalangan holda 276 ochko bilan 1-o‘rinni band etgan.
Joriy mavsumda misrlik futbolchi Angliya chempionatining 8 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr