Aguero Abduqodir Husanov haqida gapirdi
Sport
−
25 fevral 17224 1 daqiqa
“Manchester Siti” jamoasi afsonasi, argentinalik sobiq hujumchi Serxio Aguero “shaharliklar” kelajakda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovga to‘liq ishonishlari mumkinligini aytdi. Bu haqda Aguero “City Xtra” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Aguero Husanovni alohida maqtab, uning jamoa himoyasidagi roli tobora ortib borayotganini aytgan.
“Abduqodir Husanov bu mavsum juda yaxshi o‘yinlar o‘tkazdi. Moslashuv jarayonidan o‘tdi va endi natijasini ko‘ryapmiz. U juda kuchli, tezkor va yakkakurashlarda ustun. Atigi 22 yoshda – bu esa kelgusi yillarda “Siti” uchun ajoyib himoyachi bo‘lishini anglatadi”, deydi Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi.
Shuningdek, Aguero 2025 yil yanvarida “Siti” bilan shartnoma imzolagan Husanov dastlab “Chelsi”ga debyut uchrashuvida biroz qiynalgani, biroq bir qator asosiy futbolchilarning jarohati sabab bosh murabbiy Pep Gvardiola unga imkoniyat bergani va Husanov esa bundan unumli foydalanib, qisqa fursatda o‘zini ishonchli markaziy himoyachi sifatida namoyon qila olganini e’tirof etgan.
Ma’lumot uchun, Abduqodir joriy mavsumda Angliya klubi tarkibida barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq angliyalik jurnalist Jeronimo Morgans Abduqodir Husanovni “Liverpul”ga qarshi o‘yinini yuqori baholab, fidoyiligini po‘latdan yasalgan odamga qiyoslagandi.
Live
Barchasi