Aguero faoliyatini tiklashi mumkin

Sport

image

Argentinalik afsonaviy hujumchi Serxio Aguero 35 yoshida professional faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega. Bu haqda Agueroning kardiologi Twitch'dagi efirida aytib o‘tdi.

“Serxio faoliyatini davom ettirishi mumkin”, deydi shifokor.

2021 yilda Aguero yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli faoliyatini tugatishga majbur bo‘lgandi. 

260 ta gol bilan Aguero “Manchester Siti” tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. 2021 yilning yozida u erkin agent sifatida “Barselona”ga o‘tdi, biroq ular safida atigi 5 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, faoliyati davomida Aguero Madridning “Atletiko” va Argentinaning “Independente” klublarida o‘ynagan. Argentina terma jamoasi tarkibida u 101 uchrashuvda 41 ta gol urgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Manchester Siti Serxio Aguero

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing