Rasman: 2019-2020 o‘quv yili onlayn tarzda yakunlanadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining o‘quv yilini yakunlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Respublika maxsus komissiyasining Qaroriga ko‘ra:

•    xalq ta’limi tizimidagi tashkilot va muassasalarida 2019/2020 o‘quv yili “online-maktab” loyihasi doirasida tashkil etilgan masofaviy televizion videodarslar orqali yakunlanadi;

•    o‘qituvchilar va masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan xalq ta’limi tizimidagi (ta’lim muassasalari, tashkilotlari, hududiy bo‘linmalar) xodimlar o‘z ish faoliyatlarini masofaviy tarzda (ish haqi to‘langan holda) davom ettiradilar.

Avvalroq, O‘zbekistonda kuchaytirilgan karantin tartibi 10 maygacha uzaytirilgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar 1657 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 261 nafari davolangan, 5 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

323

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing