Rasman: 1 noyabrdan avtomobil yonilg‘isi narxi arzonlashtiriladi

Jamiyat

image

Ertaga, 1 noyabrdan “O‘zbekneftgaz” AJning UNG brendi ostidagi mahsulotlari bilan savdo qiluvchi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida import dizel yoqilg‘isi narxi arzonlashtiriladi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.

Ertadan yoqilg‘i quyish shoxobchalarida import dizel yoqilg‘isining narxi 6500 so‘mdan 6000 so‘mga arzonlashtiriladi.

“Biz doimiy ravishda aholiga sotilayotgan mahsulot narxini muntazam o‘rganib, tahlil qilib boramiz. Agarda mahsulot tannarxi pasaysa, uni sotish narxini, albatta, kamaytirish zarur, deb hisoblaymiz. Bundan keyin ham bu amaliyot davom ettiriladi”, deydi “UNG Petro” korxonasi direktori Mirzohid Musayev.

Eslatib o‘tamiz, 15 sentyabrdan boshlab AYOQSHlardagi import qilingan Ai-92 markali benzin 6 000 so‘mdan 5 500 so‘mga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning Ai-92 markali benzinining narxi esa 5 800 so‘mdan 5 500 so‘mga arzonlashtirilgandi. 3 aprelda O‘zbekistonda dizel yonilg‘isi narxi 7300 dan 7000 so‘mga, 1 martda esa  7500 so‘mdan 7300 so‘mga arzonlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

yonilg'i

Baholaganlar

2291

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing