Rossiyada yonilg‘i tanqisligi: Gelenjikda benzin butunlay tugab qoldi

Olam

image

Rossiyaning Gelenjik shahrida benzin tanqisligi yanada kuchaydi. Kecha, 21 avgust kechiga kelib shaharda benzin sotgan so‘nggi yonilg‘i quyish shoxobchasida ham AI-92 va AI-95 qolmagan. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 21 avgust ertalab Gelenjikda benzin faqat Arxipo-Osipovka qishlog‘idagi “Lukoyl” AYOQSHida sotilayotgan bo‘lgan. Qolgan shoxobchalarda esa faqat dizel yonilg‘isi qolgan. Biroq kechga borib Arxipo-Osipovkadagi mazkur shoxobchada ham benzin tugagan. Bu ma’lumotni AYOQSH yaqinidagi mini-mehmonxona ma’muri ham tasdiqlagan. Shuningdek, mahalliy haydovchilar yonilg‘i mavjudligi haqida ma’lumot almashadigan chatlarda ham benzin qolmagani haqida xabarlar tarqalgan.

Benzin bilan bog‘liq shunga o‘xshash vaziyat Tuapseda ham kuzatilgan. 21 avgust ertalab shaharda ishlab turgan 14 ta AYOQSHdan faqat bittasida AI-95, ikkitasida esa AI-92 benzini sotilayotgan bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning boshqa hududlarida ham yonilg‘i tanqisligi bilan bog‘liq holatlar kuzatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peterburg birjasida aviatsiya kerosini narxi rekord darajaga – bir tonnasi uchun 120 ming rubldan ortiqroqqa ko‘tarilib ketgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing