Rasman: Harri Keyn “Bavariya” futbolchisiga aylandi 

Sport

image

Angliyaning “Tottenxem” klubi futbolchisi Harri Keyn faoliyatini “Bavariya”da davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 11 avgust kuni “Tottenxem”ning angliyalik 30 yoshli hujumchisi Harri Keyn Germaniyaning “Bavariya” jamoasiga ko‘chib o‘tishga rozilik bergan. Avvalroq klublar futbolchi transferi bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edik

Romanoga ko‘ra, Keyn bugun “Bavariya” bilan 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Mazkur kelishuvga ko‘ra, Angliya klubi 100 million yevro miqdoridagi to‘lov va yana 20 millionlik qo‘shimcha bonuslar oladigan bo‘ldi. 

“Kelishuv tugadi. Tibbiy ko‘rik uchun joy band qilingan”, deydi Fabritsio Romano. 

Ma’lumot uchun, Harri o‘tgan mavsumda APLda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi Harri Keynni qo‘lga kiritishga urinayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tottenxem Bavariya Harri Keyn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing