Rangnik MYU bosh murabbiyi etib tayinlandi

Sport

image

Bugun, 29 noyabr kuni “Manchester Yunayted” germaniyalik mutaxassis Ralf Rangnik bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda jurnalist-insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Qayd etilishicha, shartnoma mavsum yakuniga qadar imzolangan. Shundan so‘ng, Rangnik ikki yil davomida “Manchester Yunayted”da maslahatchi lavozimida qoladi. Mutaxassis yangi murabbiyni tayinlash, shartnomani uzaytirish bo‘yicha qarorlarni muhokama qiladi. Yaqin orada “Manchester Yunayted” jamoa bosh murabbiyi lavozimini egallaydigan Rangnikning transferini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

Hozirda “Manchester Yunayted”ni sobiq futbolchi Maykl Kerrik boshqarmoqda. U va qolgan murabbiylar klubda qolib, Rangnikning yordamchilari bo‘lishi kutilmoqda.

Rangnik bunga qadar Moskvaning “Lokomotiv” klubi sport va rivojlanish bo‘limi boshlig‘i edi. Biroq temiryo‘lchilar hali uning ketishini rasman e’lon qilishmadi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted”ning avvalgi bosh murabbiyi norvegiyalik mutaxassis Ole Gunnar Sulsher edi. U Angliya Premer ligasining 12-turida “Uotford”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqarilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Sul'sher APL MYu Kerrik Rangnik

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing