Ramzan Qodirovning 18 yoshli erkatoyi vazir bo‘ldi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 18 yoshli o‘g‘li Ahmad Qodirov respublika Yoshlar ishlari vaziri bo‘ldi. Bundan tashqari, u respublikaning oliy mukofoti – Qodirov ordeni bilan taqdirlangan. Bu haqda bugun Checheniston parlamenti rahbari Magomed Daudov ma’lum qildi.

“Aziz jiyanim, Checheniston Respublikasi Yoshlar ishlari vaziri Ahmad Qodirovni Qodirov ordeni bilan taqdirlangani bilan tabriklayman! Bugun sport festivalining ochilish marosimida unga Checheniston Respublikasining oliy mukofotini topshirganimdan mamnun bo‘ldim”, deb yozgan Daudov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Mukofotni kichik Ahmadga Checheniston parlamenti spikeri Magomed Daudov sport festivalining ochilish marosimida topshirgan. Shuningdek, Checheniston rahbarining farmoni o‘qib eshittirilgan. 

Qayd etilishicha u 2023 yil noyabr oyidan buyon Checheniston Jismoniy tarbiya, sport va yoshlar siyosati vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Shunday qilib, Ahmad yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi shaxsiy xizmatlari, respublikada “Birinchi harakat” faoliyatida erishilgan yuksak natijalar, faol ijtimoiy-siyosiy faoliyati uchun mukofotlangan.

Bundan tashqari, marosimda Checheniston Bosh vazirining ijtimoiy blok bo‘yicha o‘rinbosari, respublika rahbarining to‘ng‘ich qizi Oyshat Qodirova Donetsk xalq respublikasi ordeni bilan taqdirlangani ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzan Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov Kabardin-Balkar Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Checheniston vazir Ahmad Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing