Qodirovning 15 yashar arzandasi orden bilan taqdirlandi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirov Kabardin-Balkar Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda mintaqa rahbari Kazbek Kokov yozgan telegrammada aytiladi. 

Kokovning so‘zlariga ko‘ra, Kabardino-Balkar Respublikasi va Checheniston aholisi tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida bir necha marta bir-biriga yordam qo‘lini cho‘zgan, qiyin paytlarda qo‘llab-quvvatlagan va yordam bergan.

“Ramzan Axmatovich Prezidentimiz Vladimir Putin tomonidan o‘ziga yuklangan vazifalarni munosib bajarib, mamlakatimiz xavfsizligi va yaxlitligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shmoqda. Farzandlarini ham shunday ruhda tarbiyalaydi”, deb yozgan Kokov Ramzan Qodirov haqida.

Kokov 15 yoshli Adam Qodirov qanday xizmatlari uchun orden olganiga aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, Ramzan Qodirovning o‘zi ham 2003 yilda otasi Ahmad Qodirovning xavfsizlik xizmatiga boshliq bo‘lgan. Katta Qodirov 2004 yil may oyida Grozniydagi terakt paytida vafot etgan.

Avvalroq Adam Qodirov Checheniston Respublikasi rahbarining xavfsizlik xizmatida “muhim” lavozimga tayinlangandi.

Shu yilning avgust oyida 15 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov Qur’onni yoqib yuborgani uchun hibsga olingan 19 yoshli Nikita Juravelni tergov izolyatorida kaltaklagandi. Juravel Rossiyadagi inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) Tatyana Moskalkovaga mazkur holat yuzasidan murojaat yo‘llagan edi. Ammo Grozniy shahar politsiyasi mazkur hodisa yuzasidan jinoiy ish ochishdan bosh tortgan, bunga Qodirovning o‘g‘li 15 yoshda ekanligi va jinoiy javobgarlik yoshiga yetmaganini sabab qilib ko‘rsatgan edi. Oktyabr oyida esa Adamga Checheniston qahramoni unvoni berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Adam Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing