Ramazonda masjidga kelgan fuqarolarni o‘marib yurgan shaxs qo‘lga olindi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ramazon oyida Toshkentdagi masjidga kelganlarning mulkini o‘marib yurgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 18 aprel kuni soat 21:00 larda muqaddam sudlangan 47 yoshli P.Sh. o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yakkasaroy tumanida “Usmon Bin Ma’zun” masjidiga kirgan. Masjid tahoratxonasida 31 yoshli S.M., 20 yoshli R.Z. va 22 yoshli U.O‘.ga tegishli bo‘lgan kiyimlarni yashirin ravishda olib, masjiddan chiqib ketayotgan vaqtida, ushbu hududda xizmat olib borayotgan Yakkasaroy tuman IIO FMB xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan P.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 25,169-modda 1-qismi (o‘g‘irlikka suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida aniqlanishicha, P.Sh. joriy yilning 15 mart kuni xam, o‘zgalar mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida yuqoridagi ko‘rsatilgan masjidining tahoratxonasida bo‘la turib, bu yerda bo‘lgan 26 yoshli S.Sh.ga tegishli narxi 4 000 000 so‘mlik Samsung A51 rusumli telefon apparatini yashirin ravishda egallab, so‘ngra mazkur telefon apparatini Yakkasaroy tumanida joylashgan “Askiya” dehqon bozoriga borib 500 000 so‘mga sotib yuborgan.

Hozirda P.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzdagi ehtiyot chorasi tanlangan. Tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

masjid

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing