Raqobat qo‘mitasi “Korzinka”ni jarimaga tortdi
Jamiyat
−
17 iyul
10374Avvalroq, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i tomonidan joylashtirilgan reklama bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilayotgani xabar qilingandi. O‘rganishdan so‘ng supermarketlar tarmog‘iga nisbatan jarima qo‘llanildi. Bu haqda qo‘mita xabar berdi.
Bildirilishicha, qo‘mitaning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Maxsus komissiyasi tomonidan qo‘zg‘atilgan ishda “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i brendi ostida faoliyat ko‘rsatuvchi “Anglesey Food” MCHJ XK aybdor deb topilib, unga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llanilgan, shuningdek, unga ushbu reklama bo‘yicha qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgan holatlarni bir oylik muddatda bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.
Ma’lum qilinishicha, vakolatli organning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi paxta to‘qimachilik va yog‘-moy klasterlari tomonidan 20 mlrd so‘m asossiz daromadlar olinganligini aniqlagandi.
LiveBarchasi