Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Raqibni mensimaslik eng katta xatomiz bo‘ladi – Hamrobekov

Sport

image

Bugun, 20 mart kuni 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi 3-bosqich “A” guruhi 7-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston-Qirg‘iziston uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida mezbonlar yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov bo‘lajak bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Avvalo, futbolchilar nomidan janob Srechko Katanetsga uch yarim yillik faoliyati uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Unga sog‘lik tilaymiz. Uchrashuvning naqadar muhimligini barchamiz his qilyapmiz. Jamoa sifatida birdamlikda harakat qilib, oldimizga qo‘yilgan vazifani uddalashimiz kerak. Bunga butun jamoa bilan puxta tayyorgarlik ko‘rdik”, deydi futbolchi.

Matbuot anjumanida Hamrobekov raqibni mensimaslik salbiy natijaga olib kelishini ma’lum qildi.

“Maydonda nom emas, futbolchilar harakat qiladi. Agar raqibni mensimasak, bu bizning eng katta xatomiz bo‘ladi. Istaklarimiz raqib jamoanikidan yuqori bo‘lsagina, o‘z ustunligimizni namoyon eta olamiz. O‘yinchilarning darajasi ana shunda ko‘rinadi. Qirg‘iz Respublikasini hurmat qilamiz, lekin 90 daqiqa ichida har qanday raqibni mag‘lub etish mumkin. Raqib jamoaning hozirgi holati bizni chalg‘itmasligi kerak”, deydi Hamrobekov.

Hamrobekov o‘z uyida muxlislar qarshisida o‘ynash futbolchilarga qo‘shimcha kuch bo‘lishini aytdi.

“Muxlislar bilan to‘lgan stadionda futbol o‘ynash mezbon jamoaga har tomonlama yordam beradi, shu bilan birga, futbolchilar zimmasidagi mas’uliyatni ham oshiradi. Ichki chempionatimiz o‘yinlarida maydon holati a’lo darajada edi. O‘ylaymanki, bu biz uchun muammo bo‘lmaydi”, deydi yarim himoyachi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Temur Kapadze bahs oldi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Odiljon Hamrobekov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing