Özbekiston terma jamoasining mundial uçun tarkibi e’lon qilindi

Sport

−

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Qatarda bölib ötadigan 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Jahon çempionati iştirokçilarining rasmiy tarkiblarini e’lon qildi. Unga köra, Sergey Çigodayev boşçiligidagi Özbekiston U-17 terma jamoasi röyxatidan 21 nafar futbolçi örin olgan.

Qayd etiş joiz, tarkibga kiritilgan barça futbolçilar 2009 yilda tuğilgan. Eng köp 5 nafar vakil “Paxtakor” klubidan jalb qilingan. Odil Junior tarbiyalanuvçilaridan 4 nafar, “Bunyodkor” va Respublika futbol akademiyasidan esa 3 nafardan futbolçi röyxatga kiritilgan.

Özbekiston U-17 terma jamoasining Jahon çempionati uçun tarkibi:

Darvozabonlar: Olimjon Şomurodov (“Paxtakor”), Mehrojbek Sirojiddinov (Respublika futbol akademiyasi), Abdulboriy Zoidjonov (Respublika futbol akademiyasi).

Himoyaçilar: Maşhurbek Abdisoliyev (“Nasaf”), Abubakir Rahimov (Odil Junior), Muhammad Hakimov (“Bunyodkor”), Muhammadaziz Röziboyev (“Ğazalkent”), Mirjamol Anvarov (Odil Junior), Nurmuhammad Öktamov (“Paxtakor”), Adis Abdunabiyev (“Xorazm”), Jahongirmirzo Öktamboyev (“Bunyodkor”).

Yarim himoyaçilar: Muhammadjon Mamatov (“Paxtakor”), Amirxon Erkinov (Odil Junior), Islom Ravşanov (“Paxtakor”), Mirkomilbek Murodov (“Bunyodkor”), Muhammadodilxon Orifxonov (Odil Junior), Habibulloh Tohirov (“Paxtakor”), Ahrorbek Ravşanbekov (“Andijon”).

Hujumçilar: Asilbek Aliyev (Respublika futbol akademiyasi), Suhrob Sodirjonov (“Ğazalkent”), Laziz Abduraimov (“Buxoro”).

Boş murabbiy: Sergey Çigodayev.

Ma’lumot uçun, 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Jahon çempionati joriy yilning 19 noyabridan 13 dekabriga qadar Qatarda bölib ötadi. Özbekiston terma jamoasi musobaqaning “E” guruhida Kot-d’Ivuar, Yamayka va Italiyaga qarşi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing