Raisiy vertolyoti halokati bo‘yicha ikkinchi xulosalar e’lon qilindi

Olam

image

Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiyning vertolyot halokati bo‘yicha ikkinchi tergov hisobotini taqdim etdi. Bu haqda IRIB telekanali xabar beradi.

Hisobotda aytilishicha, vertolyot qoldiqlari va qismlarini o‘rganish natijasida parvoz paytida vertolyotning baland tog‘ yonbag‘riga urilishidan bir necha soniya oldin burilish oqibatida yuzaga kelgan portlash haqidagi versiya chiqarib tashlangan.

Uchuvchilar o‘rtasidagi suhbatlarni o‘rganishda favqulodda vaziyat dalillari ham aniqlanmagan. Ular oxirgi marta vertolyot qulashidan 69 soniya oldin aloqada bo‘lishgan.

Ma’lumot uchun, Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning vertolyoti 19 may kuni halokatga uchragan hamda uning yonib ketgan qoldiqlari 20 may kuni ertalab Ozarbayjon chegarasidan 30 km uzoqlikda joylashgan Eronning Tavil qishlog‘i yonidan topilgan. Prezident bilan birga vertolyot bortida amaldorlar delegatsiyasi, shu jumladan, Eron TIV rahbari Husayn Amir Abdullohiyon ham bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘ldi.

Bort halokatining asosiy versiyasi sifatida ob-havo sharoiti ko‘rib chiqildi, samolyot kuchli tuman paytida ko‘zdan yo‘qolgan, uning parchalari 10 soatdan ortiq vaqtdan so‘ng 70 dan ortiq qutqaruv otryadlari tomonidan qidirib topilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron Prezidenti ma’muriyati rahbari G‘ulom-Husayn Ismoiliy halokat kuni ob-havo sharoiti normal bo‘lganini aytgandi.

Shahnoza Halilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Raisiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing