Eron Olimpiadada prezident nomi bilan qatnashadi

Sport

image

26 iyuldan 11 avgustga qadar Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida Eron terma jamoasi vertolyot halokati oqibatida vafot etgan mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiy nomi bilan qatnashadi. Bu haqda Eron Olimpiya qo‘mitasi rahbari Mahmud Xosravi Vafo ma’lum qildi.

“Mamlakatimiz tomonidan Olimpiya o‘yinlariga yuborilgan sport jamoasi Xodem Al-Rizo (Imom Rizoning xizmatkori) deb nomlanadi”, deydi u.

Raisiy falokatda vafot etgach, prezident shialarning eng muhim avliyolaridan biri Imom Rizoning xizmatkori deb atala boshlandi. Imom Rizo maqbarasi Eronning shimoli-sharqidagi Mashhad shahrida joylashgan. Bu Raisiyning ona shahri hisoblanadi. 

Qayd etish joiz, Raisiyning dafn marosimi 23 may kuni Mashhadda bo‘lib o‘tadi. Muddatidan oldin prezidentlik saylovlari esa 28 iyunga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Olimpiada Raisiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing