“Rahmat, dada!”. “Arqadag‘” o‘g‘lini itboqar unvoni bilan taqdirladi

Olam

image

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li, Bosh vazir o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedovni “Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan it boquvchi” unvoni bilan taqdirladi. Bu haqda “Turkmenportal” nashri xabar berdi.

Serdar Berdimuhamedov “Turkman alabaylari” assotsiatsiyasi rahbari hisoblanadi. U "Turkmaniston mustaqilligi yillarida zamonaviy dunyo ilm-fan yutuqlaridan foydalanish orqali tizimli parvarish va naslchilik ishlarida katta yutuqlarga erishgani va alabaylar shuhratini dunyoga yoygani uchun" unvonga sazovor bo‘ldi.

Berdimuhamedov unvon uchun otasiga minnatdorlik bildirib, “Turkman alabaylari” assotsiatsiyasi xalqning g‘ururi va milliy boyligi hisoblangan ushbu it zotining shon-shavkatini dunyoga tarqatishda davom etishini qayd etgan.

O‘tgan yili Turkmaniston Prezidenti Ashxobodda alabay itining 15 metrlik tilla haykalini ochib bergandi. Shuningdek, mamlakatda alabay itlari sharafiga bayram ham bor.

Eslatib o‘tamiz, “Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan it boquvchi” unvoni joriy yilning mart oyida ta’sis etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston Serdar Berdimuhamedov

Baholaganlar

372

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing