“Rahmat, Amerika!” Netanyaxu va Zelenskiy AQSHning saxovatpeshaligini ulug‘ladi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH Kongressi Vakillar palatasiga ikki mamlakatga harbiy yordam berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagani uchun minnatdorlik bildirdi va hujjat Senatda qo‘llab-quvvatlanishiga umid bildirdi. Ular bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, 20 aprel, shanba kuni AQSH parlamentining quyi palatasi Ukrainaga qariyb 61 milliard dollar ajratish haqidagi qonun loyihasini qabul qilgan.

“Men AQSH Kongressi Vakillar palatasiga, har ikki partiyaga va shaxsan spiker Mayk Jonsonga tarixiy qaror uchun minnatdorlik bildiraman. Demokratiya va erkinlik har doim global ahamiyatga ega bo‘lib qoladi va Amerika uni himoya qilishga yordam bersa, mamlakat hech qachon muvaffaqiyatsizlikka uchramaydi”, degan Ukraina rahbari.

Unga ko‘ra, AQSH Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan hayotiy yordam to‘g‘risidagi qonun loyihasi urushning kengayishiga yo‘l qo‘ymaydi, minglab odamlarning hayotini saqlab qoladi va ikkala xalqning irodasini yanada kuchliroq qilishga yordam beradi.

“Umid qilamizki, qonun loyihalari Senatda qo‘llab-quvvatlanadi va Prezident Baydenning stoliga yuboriladi. Rahmat, Amerika!", degan u.

Isroil yetakchisi Binyamin Netanyaxu ham AQSH kongressmenlariga Isroilga harbiy yordamni o‘z ichiga olgan qonun loyihasini qabul qilgani uchun rahmat aytgan.
 
Unga ko‘ra, bu mablag‘lar butun G‘arb sivilizatsiyasini himoya qilishga sarflanadi, yordam to‘g‘risidagi qonun loyihasi ikki partiyaning Isroilni kuchli qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatadi.

"Rahmat, do‘stlar, rahmat, Amerika!" deya ta’kidlagan u.

Eslatib o‘tamiz, 19 aprel kuni AQSH Falastinning BMTga a’zoligi haqidagi rezolyutsiyaga veto qo‘ygan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing