Putinning yordamchisi Mirziyoyev qabulida bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 2 may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida rus delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkinni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuv avvalida Maksim Oreshkin O‘zbekiston rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan hamda forumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabriklagan.

O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish doirasida oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Tovar ayirboshlash barqaror sur’at bilan o‘sayotgani, sanoat, energetika, transport, metallurgiya, kimyo va boshqa tarmoqlarda muhim loyihalar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Joriy yil 22-24 aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tgan navbatdagi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi yakunlari yuksak baholangan.

Yuqori texnologiyalar, ta’lim, sport, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Tatyana Molchanni qabul qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shavkat Mirziyoev Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing