Putinning O‘zbekistonga safari qachon bo‘lishi aytildi

Jamiyat

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 26-27 may kunlari O‘zbekistonga tashrif bilan keladi. Bu haqda bugun, 23 may kuni Rossiya Prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

“Hozircha aytishim mumkinki, bugun va ertaga Belarusga, yakshanba va dushanba kunlari esa O‘zbekistonga tashrif bo‘ladi”, deya aniqlik kiritdi u jurnalistlarga.

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Prezidentning safari davomida bir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 21 may kuni Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. O‘shanda Putin Xitoy rahbariyati bilan yaqinda Pekinda bo‘lib o‘tgan muzokaralar haqidagi taassurotlarini Mirziyoyev bilan o‘rtoqlashgan, shuningdek, Rossiya Prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlikning borishi muhokama qilingan. 

21 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Rossiya rahbari bilan Qozonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Putinning saylovdan keyingi dastlabki tashriflardan biri O‘zbekistonga bo‘lishini, ushbu tashrifga “juda jiddiy” tayyorgarlik ko‘rayotganini aytgandi. Putinning saylovdan keyingi ilk xorijiy safari 16-17 may kunlari Xitoyda bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing