Putinning Prezidentlarga taklifi, o‘zbek teatr san’atidagi og‘ir judolik, Toshkentdagi mushtlashuv va kunning boshqa xabarlari

Jamiyat

image

12 iyun kuni ham nihoyasiga yetib qoldi. Quyida bugun sodir bo‘lgan eng muhim voqealar tafsilotiga to‘xtalib o‘tamiz.

Jamiyat

Aktrisa Gulbahor Yo‘ldosheva vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, betakror iste’dod sohibasi Gulbahor Yo‘ldosheva og‘ir xastalikdan so‘ng olamdan o‘tdi.

Telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi

Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish uchun foydalanuvchilar telekommunikatsiya operatoriga shartnoma tuzish uchun ariza beradi.

Chetga ishlashga ketayotganlar 304 ming 95 so‘m to‘lab, malaka imtihonidan o‘tishi shart

Qonunchilikka muvofiq, xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi akkreditatsiyadan o‘tgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Hujjat bilan chet tili bo‘yicha malaka imtihonida ishtirok etish uchun to‘lov, bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim barobari (304 ming 095 so‘m)  etib belgilandi.

Imom al-Buxoriy majmuasi yaqinida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha ma’lumot berildi

Samarqand viloyatida joylashgan Imom al-Buxoriy majmuasi yaqinida Matiz va Gazel avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Prezident farmoni: Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni rivojlantirish bo‘limi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida 12 ta shtat birligidan iborat Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limi tashkil etildi.

Toshkentda sodir etilgan ommaviy mushtlashuv bo‘yicha prokuratura ma’lumot berdi

Bir necha kun oldin, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi ko‘chalarning birida, jamoat joyida ommaviy mushtlashuv tashkil etgan odamlarning videotasviri tarqalgan edi. Unda bir nechta fuqarolar hatto mashinada bir-birlarini bosib ketmoqchi ham bo‘lishgan.

Yuz bergan ushbu hodisa yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Farhod Boboniyozov ma’lumot berdi.

Bosh prokuratura bayonotida qayd etilishicha, Toshkent shahar prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan 1992 yilda tug‘ilgan B.K. va K.K.larga nisbatan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Xalq banki” boshqaruvchisi bank g‘aznasidan 100000 dollarni o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda

Bank rahbarlarining bank mablag‘larini o‘g‘rilashi bilan bog‘liq holatlar davom etmoqda. Navbatdagi voqea Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani hududida joylashgan AT “Xalq banki” tumani filialida aniqlandi. 

Gap shundaki, 2019 yil 6 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani hududida joylashgan AT “Xalq banki” Yozyovon tumani filiali xodimlari tomonidan bank g‘aznasidagi valyuta saqlash seyfida bo‘lgan pullar sanoqdan o‘tkazilganida, shu yerda bo‘lgan 100000 AQSH dollari yo‘qligi aniqlangan.

Quyi Chirchiq tumani "to‘rtlik" yangilandi

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida hokim, prokuror, soliqboshi va Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘zgardi.

Energetika vazirligi tizimida yangi rahbar ish boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Akbarxon Abbosovich Yuldashev Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Olam

Putin Prezidentlarni g‘alabaning 75 yilligini birgalikda nishonlashga taklif qilmoqchi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 13-14 iyun kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida 2020 yilgi Moskvada g‘alabaning 75 yilligini nishonlash uchun davlat rahbarlariga so‘zma-so‘z taklifnoma beradi.

Taniqli jurnalist o‘ldirib ketildi

Meksika janubi-sharqidagi  Uimanigilo tumanida jurnalist ayol Norma Sarabiya noma’lum kishilar tomonidan o‘ldirib ketildi.

Toqayev prezidentlik qasamyodini qabul qildi

9 iyun kuni Qozog‘istonda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Qosim-Jomart Toqayev bugun, 12 iyun kuni qozoq xalqi oldida rasman qasamyod qabul qildi.

Sport

Hammasi o‘zgardi. De Ligt Barselonaga emas, Parijga uchmoqchi

Oldinroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, gollandiyalik futbolchiga Kataloniyaning "Barselona" klubi jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Shuningdek, unga Turinning "Yuventus", Angliyaning ikki Manchester klubidan ham takliflar bor edi.

Futbolchining o‘zi "Barselona"da o‘ynashga qarshi emasligini bildirgandi, ammo katalonlar futbolchining agenti bilan kelisha olmayapti. Qolaversa, klub rahbariyati himoyachiga Frenki de Yongnikidan ko‘p maosh to‘lamoqchi emas.

“Humo arena” muz saroyi jahon chempionatiga mezbonlik qilishi mumkin

Toshkentda “Humo arena” ko‘p tarmoqli muz saroyining barpo etilishi eng yirik sport musobaqalarini qabul qilish imkoniyatini yaratmoqda. Ushbu arenada ko‘plab sport turlarida jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing